
Issiqlik hisobi, iliq pol chizmasi, radiatorlar, kollektorlar, 3D qozonxona va mijoz uchun tayyor PDF smeta — bitta dasturda.
Ro'yxatdan o'tmasdan sinab ko'ring. Karta talab qilinmaydi.

3D QOZONXONAQo'lda chizish, kalkulyatorda hisoblash va Excel'da smeta yozishga endi vaqt ketmaydi.
Xona o'lchami, tashqi devor va derazalar bo'yicha har bir xonaning kW quvvati va gaz qozoni tanlovi.
Ulitka yoki zmeyka, kontur qadami, uzunligi va suv sarfi — har bir kontur raqami bilan.
Radiator kollektoridan har bir radiatorga alohida izolyatsiyali quvur va uzunliklari.
Gaz qozoni, gidrostrelka, nasos guruhlari, boyler va xavfsizlik guruhi — nomlari va parametrlari bilan.
Materiallar ro'yxati, chizmalar va sizning ismingiz, telefoningiz bilan — mijozga bir bosishda.
Obyektda telefondan, ofisda kompyuterdan. Loyihalar hisobingizda saqlanadi.
Iliq pol: har bir kontur alohida
Qozonxona sxemasi 3D'daUstalarning ko'pchiligi telefondan ishlaydi, shuning uchun dastur avvalo telefon uchun yasalgan: katta tugmalar, tez hisob, pastda doim natija.


Uy yoki kvartira, maydon, qavatlar va xonalar. Dastur standart o'lchamlarni o'zi taklif qiladi.
Xona turi, derazalar, isitish turi — iliq pol yoki radiator. Hisob darrov yangilanadi.
Chizmalar, 3D qozonxona va materiallar ro'yxati bilan smeta — Telegram orqali yuboring.
Ha. «Demo'ni ochish» tugmasini bosing — barcha hisob-kitoblar, chizmalar va 3D qozonxona ishlaydi. PDF smeta va loyihani saqlash uchun Telegram orqali kirasiz, shunda 10 kunlik bepul sinov boshlanadi.
Ha, dastur avvalo telefon uchun qilingan. Kompyuter va planshetda ham ishlaydi, loyihalar hisobingizda saqlanadi va istalgan qurilmadan ochiladi.
Issiqlik yo'qotishi, kontur uzunliklari va materiallar soni amaliyotdagi me'yorlar asosida hisoblanadi. Hisob taxminiy: yakuniy qarorni obyekt sharoitini ko'rgan usta qabul qiladi.
Click orqali. To'lov tizimi ulanguncha obunani @ClimaroomPro_bot orqali yozib faollashtirish mumkin.
Kirish Telegram orqali bo'ladi, parol kerak emas. Loyihalaringizni faqat siz ko'rasiz.
10 kun bepul. Ro'yxatdan o'tish — Telegram orqali, 10 soniyada.